FABERLIC'DA RO‘YXATDAN O‘TING — YANGI IMKONIYATLAR SARI BIRINCHI QADAMNI QO‘YING
TEZ DAROMAD
XARIDLARINGIZDAN 26% GACHA FOYDA OLING
BONUSLAR, MUKOFOTLAR VA SOVG‘ALAR
+ YOPIQ AKSIYALAR VA MAXSUS CHEGIRMALARDAN FOYDALANING
BIZNESNI BOSHLASH OSON
FORMANI TO‘LDIRING — SHAXSIY BIZNES MASLAHATCHISI SIZ BILAN BOG‘LANADI
Bepul ro‘yxatdan o‘tish

FAKTLAR
KOMPANIYA HAQIDA

#KelingTanishamiz

Faberlic — Rossiyadagi yagona kompaniya bo‘lib, 12 yildan ortiq vaqt davomida dunyoning eng yirik TOP-100 atir-upa va kosmetika kompaniyalari qatoridan joy olib kelmoqda. Hatto murakkab 2015-yilda ham o‘sish sur’ati bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan*. Har yili bu reytingga kirish uchun 50 000 dan ortiq brend raqobatlashadi.

*Reyting har yili Woman’s Wear Daily jurnalida e’lon qilinadi.

AFZALLIKLAR

Tinch va qulay hayot, oila uchun ko‘proq vaqt

Oyiga 7,5 million so‘mdan ortiq daromad olish imkoniyati sizga qanday tuyuladi?

Kompaniya hisobidan sayohatlar

Shri-Lanka 2016-yil, Dominikana
2017-yil, Bali oroli 2018-yil, Italiya 2019-yil, Turkiya 2021-yil.

Go‘zallik va parvarish

go‘zallik olamidagi yangi
texnologiyalardan 24/7 foydalanish imkoniyati

Biznesni oson boshlash mumkin

bosqichma-bosqich o‘qitish
va biznes maslahatchi yordami

Kompaniyada ro‘yxatdan o‘tish BEPUL

pasport ma’lumotlari talab qilinmaydi va sizni hech narsaga majbur qilmaydi
Ro‘yxatdan o‘tish

Siz eng katta orzularingizni
ro‘yobga chiqarishingiz mumkin

Oila farovonligini
oshirish
1
Farzandlarga
munosib kelajak yaratish
2
Har doim chiroyli
va parvarishlangan bo‘lish
3
Faberlic’dagi qo‘shimcha daromad oilaviy budjetingizni mustahkamlaydi, erkin ish grafigi esa yaqinlaringiz va farzandlaringizga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi. Siz uchun kosmetika va kiyim-kechakdagi yangiliklar chegirma bilan, o‘quv dasturlari hamda tajribali mutaxassislarning foydali tavsiyalari mavjud. Faberlic bilan siz go‘zallik va uslub sohasida o‘z o‘rningizni topasiz va dunyoning istalgan nuqtasidan ishlashingiz mumkin. Biznes maslahatchilarimiz esa sizni doim qo‘llab-quvvatlaydi va muvaffaqiyatli biznes qurishingizga yordam beradi. Faberlic jamoasiga qo‘shiling!
Hoziroq boshlang
Moliyaviy
mustaqillikka erishish
4
Muvaffaqiyatli
biznes qurish
5
Dunyoning go‘zal
maskanlarini ko‘rish
6

Konsultant daromadini hisoblashning
asosiy qoidalari

Hisob davri (katalog) — 3 (yoki 2) hafta
Rag‘bat olish uchun minimal shaxsiy hajm — 50 ball (hisob davri uchun)

1 ball qiymati

Asosiy assortiment (parvarish kosmetikasi, dekorativ kosmetika, parfyumeriya, sog‘liq mahsulotlari, uy uchun kosmetika): 1 ball uchun 75 rubl
Qo‘shimcha assortiment
(kiyim, ichki kiyim, aksessuarlar, denas mahsulotlari, aksiyadagi mahsulotlar): 1 ball uchun 150 rubl
Rag‘batni hisoblash uchun 1 ball qiymati — 60 rubl
Shaxsiy guruh hajmi — sizning shaxsiy guruhingizdagi konsultantlar hajmi va sizning shaxsiy hajmingiz yig‘indisi

Sotishni bilish shartmi?

1. Mahsulotdan o‘zingiz foydalaning
2. Foyda va mamnuniyatni his qiling
3. Boshqalarga tavsiya qiling
4. va ular o‘zlari sotib olishni istashadi

Onlayn biznes-ta’lim tizimi

  • Yangi boshlovchilar uchun
  • Mentorlar uchun
  • Jamoa rahbarlari uchun

Shartlar:

1. Kompaniyadan yiliga 18 marta rag‘bat puli
2. Erkin ish grafigi
3. Cheklanmagan daromad imkoniyati

Boshlash uchun nima qilish kerak?
5 ta oddiy qadam

1

Saytda ariza qoldiring

Faberlic’da ro‘yxatdan o‘tish bepul va pasport ma’lumotlari talab qilinmaydi

Ariza qoldirish
2

Siz bilan biznes maslahatchi bog‘lanadi

Biznes maslahatchi sizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi, barcha savollaringizga javob beradi va natijaga erishishingizga yordam beradi

3

Tayyor bosqichma-bosqich reja oling

Faberlic Akademiyasi oddiy va tushunarli qadamlar tizimini ishlab chiqqan. Sizga shu qadamlarni takrorlab borish kifoya — natijaga albatta erishasiz. Buning uchun faqat rivojlanish va daromad topishga bo‘lgan xohish kerak.

4

Yopiq biznes bo‘limiga kirish imkonini olasiz

U yerda mahsulotlar haqida ma’lumot, shaxsiy internet-do‘koningiz shabloni va muvaffaqiyatli ish uchun boshqa foydali vositalarni topasiz

5

Ilk daromad va bonuslaringizni oling

Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin 1-2 oy ichida ilk daromad va bonuslaringizni ola boshlaysiz

Ariza qoldirish

Nega bizga ishonishadi

Faberlic’dagi ish tizimi o‘zaro manfaat asosida qurilgan. Bizda har bir hamkorning muvaffaqiyati muhim.
Konsultant daromad topsa — butun jamoa yutadi. Shu sabab yangi boshlovchilarga yordam beramiz.

Hoziroq o‘qishga yoziling — bu bepul va pasport ma’lumotlari talab qilinmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish

O‘zingizga qulay ish grafigi

Eng qulay ish jadvalini tanlashga yordam beramiz. Sizda oila va o‘zingizga vaqt bo‘ladi

Daromad topishga yordam beramiz

Biz sizning Faberlic’dagi daromadingiz 4-6 oy ichida 7,5 million so‘mgacha yetishini istaymiz — va bu hali chegara emas

Biznes maslahatchi yordami

Biznes maslahatchi doim yoningizda bo‘ladi va savollaringizga javob beradi, shunda biznes yo‘lingiz oson va yoqimli kechadi

Bosqichma-bosqich biznes reja

Biz sizga aniq va izchil harakatlar tizimini beramiz. Ko‘rsatmalarga amal qiling — natijaga albatta erishasiz!

Saytning yopiq biznes bo‘limi

Siz yopiq bo‘limga kirish imkoniga ega bo‘lasiz, u yerda shaxsiy internet-do‘kon va o‘quv materiallari sizni kutadi

Biznes asoslarini o‘rgatamiz

Siz biznes yuritish asoslarini o‘rganasiz va bu unchalik qiyin emasligini tushunib olasiz

Savol-javoblar

?
Men sotishni bilmayman. Bu ish menga mos keladimi?
Siz ko‘chada yurib odamlarga mahsulot taklif qilishingiz shart emas. Mahsulotdan o‘zingiz foydalaning va uning afzalliklarini boshqalarga tavsiya qiling. Odamlar o‘zlari qayerdan olish mumkinligini sizdan so‘rashadi.
?
Menda natija chiqmasa-chi?
Biz sizning xavotirlaringizni yaxshi tushunamiz va har bir bosqichda qo‘llab-quvvatlaymiz. Kompaniyaning vazifasi — yangi konsultantlarga imkon qadar ko‘proq daromad topishga yordam berish. Buning uchun sizga batafsil ko‘rsatmalar, mijozlar va hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha tayyor reja, internet-do‘kon yaratish uchun sayt shablonlari beriladi. Shaxsiy biznes maslahatchingiz esa har bir bosqichda yordam beradi va natijaga erishishingizni yengillashtiradi.
?
Mahsulotlaringiz sifatiga nega ishonishim mumkin?
- Faberlic’ning barcha mahsulotlari o‘z ishlab chiqarish korxonalarida chiqariladi.
- Korxonada sifat menejmenti tizimi joriy qilingan.
- Faberlic ekologik toza va xavfsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilar reyestriga kiritilgan.
- Barcha kosmetika RST muvofiqlik sertifikatlari va xalqaro Halal sertifikatiga ega.
- Mahsulotlar ilmiy tadqiqotlar markazining o‘z mikrobiologik laboratoriyasida sinovdan o‘tkaziladi.
- Biz ekologiyaga mas’uliyat bilan yondashamiz va mahsulotlarni hayvonlarda sinamaymiz.
?
Asosiy ishim bilan Faberlic’ni qanday birga olib boraman?
Faberlic’ning qulay tomoni shundaki, ish uchun kuniga 2-3 soat yetarli bo‘lishi mumkin. Buni o‘zingizga qulay vaqtda, qulay joyda qilasiz — ishga ketayotganda ham, farzandingizni kutayotganda ham. Dastlab daromad kamroq bo‘lishi mumkin, lekin kerakli natijaga chiqqaningizdan so‘ng ish grafigingizni o‘zingiz belgilaysiz va istalgan shahardan ishlashingiz mumkin — kompaniyamiz xalqaro miqyosda faoliyat yuritadi.
?
Daromad nimalardan shakllanadi?
ASOSIY DAROMAD:
  • Kompaniyadan 3% dan 23% gacha rag‘bat (hajmli chegirma)
    yiliga 18 marta tashkil qilingan товар айланмаси va shaxsiy guruh bilan ishlash uchun
  • Direktorlik bonuslari
QO‘SHIMCHA RAG‘BATLAR
  • Malakaviy bonus
  • Barqarorlik bonusi
  • Rivojlanish bonusi (brilliant direktor va undan yuqori darajalarda)
  • Onalik va farzandlikka olish bonusi
?
Ko‘p mahsulot sotib olish kerak deb eshitganman. Shu rostmi?
Kompaniyamiz sizni kerak bo‘lmagan kosmetika yoki boshqa mahsulotlarni sotib olishga majburlamaydi. Avvaliga mahsulotlarimizni sinab ko‘rishingiz mumkin, keyin esa ularni boshqalarga tavsiya qilasiz. Keyinchalik assortimentimizdan faqat o‘zingizga kerak bo‘lgan kosmetika, uy-ro‘zg‘or mahsulotlari va kiyimlarni tanlaysiz.
?
Kompaniya qanday bonuslar beradi?
Pul to‘lovlaridan tashqari, Faberlic konsultantlari boshqa bonuslarga ham ega bo‘ladilar:
- mahsulotlarga chegirmalar
- qimmatbaho sovg‘alar va mukofotlar
- yangi unvonlar uchun premiyalar
- xalqaro seminarlarda ishtirok etish
- kompaniya hisobidan sayohatlar
?
Mabodo sizlar firibgar bo‘lsangiz-chi?
Firibgarlarning birinchi belgisi — ro‘yxatdan o‘tish yoki ish boshlash uchun pul so‘rashidir. Faberlic sizni boshlang‘ich sarmoyasiz biznesga taklif qiladi, bepul ro‘yxatdan o‘tish uchun esa hatto pasport ma’lumotlari ham kerak emas. Shaxsiy biznes maslahatchi sizga bosqichma-bosqich reja beradi va kerakli hamma narsani o‘rgatadi. Kompaniya rasmiy ish yuritadi, oq daromadni ta’minlaydi, siz soliqlarni to‘laysiz va biznesingizni meros qilib qoldirishingiz mumkin — bu yerda aldov yo‘q.
?
Faberlic qanday o‘qitish tizimini taklif qiladi?
Biz hamkorlarimizni Faberlic Akademiyasida ishning har bir bosqichida bepul o‘qitamiz. Ro‘yxatdan o‘tganingiz zahoti siz uchun interaktiv ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar ochiladi. Har hafta kompaniyaning eng yaxshi trenerlaridan vebinarlar, birgalikda ishlash treninglari va boshqa foydali darslar bo‘lib o‘tadi.
?
Tarmoq marketingi ishonchlimi?
Bugungi kunda tarmoq marketingi daromad topish va o‘z biznesini qurish uchun yaxshi imkoniyat. Eng muhimi — hamkorlik uchun ishonchli kompaniyani tanlash. Bir kunlik firmalar ertaga yopilib ketishi mumkin, Faberlic esa bozorda 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda, o‘z ishlab chiqarishiga va rivojlangan infratuzilmaga ega.

Bundan tashqari, kompaniyamizda siz biznesni to‘liq internet orqali, sarmoyasiz boshlashingiz va uydan turib boshqarishingiz mumkin. Har bir kompaniya bunday imkoniyat bera olmaydi. Biz mahsulotlarni hatto eng kichik shaharlarga ham yetkazib beramiz, moliyaviy hisobotlarimiz esa ochiq. Biz ochiq va ishonchli ishlaymiz.

RO‘YXATDAN O‘TING

va hoziroq daromad topishni boshlang

Familiya ko`rsatilmagan
Ism ko`rsatilmagan
Mobil telefon
Telefon raqami ko`rsatilmagan
E-mail ko`rsatilmagan
Tug`ilgan sana
Tug`ilgan sana ko`rsatilmagan